Daryo

Isroil xavfsizlik vaziri Suriya prezidentini o‘ldirishga chaqirdi

U yahudiy davlati “ilonning boshini olishi” kerakligini da’vo qildi

1 daqiqa o‘qish6 228 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’ni o‘ldirishga chaqirdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Foto: Getty Images

Vazir xalqqa qilgan murojaatida yahudiy davlati Suriya prezidentini o‘ldirishi kerakligini aytdi. U Isroil “ilonning boshini uzishi” lozimligini ma’lum qildi. Vazirning bayonoti Isroilning 16-iyul kuni Suriyaga bergan zarbalari va asosan druzlar istiqomat qiluvchi Suvayda viloyatidagi tartibsizliklar ortidan yangradi.

Suriyadan olingan dahshatli kadrlar bir narsani isbotlaydi: bir marta jihodchi bo‘lgan kishi abadiy jihodchi bo‘lib qoladi. Kimki odam o‘ldirsa, mo‘ylovini qirqsa, xo‘rlasa va zo‘rlasa, u bilan muzokara olib borib bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda qilinishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — al-Juloniyni yo‘q qilishdir, dedi Itamar Ben-Gvir.

Suriyada druzlar va arab qabilalari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar yuz bergan edi. Mojaro badaviylarga tegishli mashinalar tortib olinishi bilan boshlangan. To‘qnashuvlar oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortig‘i yaralangan. Suriya Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari vaziyatni bostirish uchun Suvaydaga qo‘shimcha kuchlarni yuborgan. Biroq ularning harbiy kolonnalari hujumga uchragan. Oqibatda 18 askar halok bo‘lgan, 9 nafari asirga olingan

Shundan so‘ng Isroil druzlarni himoya qilish da’vosi bilan Suriya armiyasi va Mudofaa vazirligiga qarashli bir nechta obyektga zarbalar bergan.

Jumladan, Damashqdagi Suriya bosh shtabi hujumga uchragan, prezident saroyining atrofi nishonga olingan. Tomonlar 16-iyul kuni kechqurun o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bunga AQSH, arab davlatlari va Turkiya tashabbus ko‘rsatgani ma’lum qilingan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar