Daryo

Yevropa Ittifoqi Isroilga chora ko‘rishga tayyorligini e’lon qildi

Yahudiy davlatining G‘azodagi harakatlari qat’iy nazoratga olinishi aytildi

1 daqiqa o‘qish4 460 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Isroilga chora ko‘rishga tayyorligini e’lon qildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: Anadolu

Ittifoqning ta’kidlashicha, Isroil G‘azodagi gumanitar vaziyatni yaxshilash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotgani “qat’iy kuzatuv” ostida. Kallas matbuotga bayonot berib, G‘azoda gumanitar vaziyat yaxshilanayotganidan dalolat beruvchi ba’zi ijobiy o‘zgarishlar borligini ta’kidlagan. Shu bilan birga Isroil sektordagi sharoitni yaxshilash uchun ko‘proq aniq qadamlar qo‘yishi kerakligi ta’kidlangan.

Kallasga ko‘ra, YI Isroil o‘z majburiyatlarini bajarayotganini muntazam ravishda baholab boradi.

“Biz kelishuvlarning bajarilishini qat’iy kuzatuv ostiga olamiz. Har ikki haftada Isroilning kelishuv doirasidagi harakatlari to‘g‘risida yangilangan hisobot beriladi”, dedi u.

Qo‘shimcha qilinishicha, Isroilga qarshi ehtimoliy choralar taqdim etilgan.

“Biz bu chora-tadbirlarni muhokama qildik. Qaror a’zo davlatlar tomonidan qabul qilinadi. Bu borada bir necha variantlar berildi. Agar Isroil o‘z majburiyatlarini bajarmasa, biz chora ko‘rishga tayyormiz. Maqsadimiz Isroilni jazolash emas, balki G‘azodagi vaziyatni haqiqatan ham yaxshilashdir”, degan Kallas.

YI 10-iyul kuni Isroil bilan quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi:

  • G‘azoga kunlik oziq-ovqat va boshqa tovarlar importini ko‘paytirish;
  • Iordaniya va Misr orqali gumanitar yo‘laklarni qayta ochish;
  • novvoyxonalar va oshxonalar orqali oziq-ovqat tarqatishni tashkil etish;
  • gumanitar infratuzilma uchun yonilg‘i ta’minotini tiklash;
  • gumanitar xodimlar himoyasini ta’minlash;
  • suv tozalash inshootlarida elektr energiyasini tiklash.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar