Daryo

Indoneziyada Singapurga chaqaloq sotgan 12 kishi hibsga olindi

Gumondorlar 24 nafar chaqaloqni sotganini tan olgan. Go‘daklar 676 dollardan 983 dollargacha baholangan

1 daqiqa o‘qish4 188 ko‘rishlar0 izoh0

Indoneziyada politsiya chaqaloqlarni Singapurga sotgan 12 nafar odam savdogarlarini hibsga oldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: SBS

Politsiyaning ma’lum qilishicha, bu holat ota-ona go‘dak o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berganidan so‘ng aniqlangan. Gumondorlar 24 nafar chaqaloqni sotganini tan olgan. Go‘daklarning aksariyati G‘arbiy Yava provinsiyasida o‘g‘irlangan.

“Ma’lumotlarga ko‘ra, 14 nafar chaqaloq Singapurga sotilgan. Ularning yosh diapazoni asosan bir yoshgacha, ba’zilari 3, 5 va 6 oylik”, deyiladi politsiya bayonotida.

Rasmiylar Pontianak shahrida 5 nafar va Tangerang shahrida bir nafar chaqaloqni qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Qo‘shimcha qilinishicha, chaqaloqlar 11 milliondan (676 dollar) 16 million Indoneziya rupiyasigacha (983 dollar) sotilishi kerak edi. Shuningdek, Jakarta, Pontianak va Bandung shahrida o‘nlab gumonlanuvchilar hibsga olingan. Odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar 2023-yilda chaqaloq sindikatiga asos solgani ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, har bir gumonlanuvchining o‘z vazifasi bo‘lgan. Ba’zilar chaqaloq topish bilan shug‘ullansa, ba’zilari ularga g‘amxo‘rlik qilgan. Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ham alohida shaxslar tayinlangan.

Indoneziyada odam savdosi kam uchraydigan holat emas. 2022-yili Shimoliy Sumatradagi palma yog‘i plantatsiyasida o‘g‘irlab ketilgan 57 nafar kishi qafasda topilgan edi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar