Daryo

Husiy dilerlari X va WhatsApp’da qurol sotayotgani ma’lum bo‘ldi

Qurollarning aksariyati Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan texnikalar bo‘lib, ularda “AQSH hukumati mulki” va “NATO” tamg‘asi mavjud

1 daqiqa o‘qish3 908 ko‘rishlar0 izoh0

Yaman husiylari bilan aloqador qurol-yarog‘ dilerlari yillar davomida X va WhatsApp platformalarida qurol savdosi uyushtirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Foto: The Guardian

Vashingtonda joylashgan Tech Transparency Project (TTP) hisobotida aytilishicha, husiylarga aloqador qurol-yarog‘ sotuvchilar oylar, hatto yillar davomida ikkala platformada ham qurol tijorat do‘konlarini yuritib kelgan.

Mutaxassislar dezinformatsiya va noqonuniy savdo ko‘payib borayotganini ta’kidlayotgan bir paytda WhatsApp va X’ga egalik qiluvchi Meta kontentlarni moderatsiya qilish siyosatini qisqartirmoqda.

TTP tomonidan aniqlangan X’dagi 130 ta va WhatsApp’dagi 67 ta biznes akkaunti yuqori quvvatli miltiqlar, granatomyotlar va boshqa harbiy texnikalarni sotuvga qo‘ygan. Qurollarning aksariyati AQSHda ishlab chiqarilgan texnikalar bo‘lgan. Ularda “AQSH hukumati mulki” va “NATO” tamg‘asi mavjud.

Foto: The Guardian

Hisobotda qurol sotuvchilarning mijozlari ko‘rsatilmagan. Lekin ba’zi miltiqlar 10 ming dollarga sotilgani ma’lum. Qurol sotuvchilarning aksariyati X Premium obunachilari va WhatsApp Business foydalanuvchilari ekani ochiqlangan.

TTP direktori Keti Pol internetdagi qurol savdosi haqida shunday fikr bildirgan:

“X va WhatsApp ikkalasi ham qurol savdosiga qarshi siyosatga ega. Ammo ular AQSH tomonidan terrorchi deb topilgan guruhga aloqador dilerlarga platformada qurol savdosiga ruxsat bermoqda. Ba’zi hollarda bu kompaniyalar AQSH xavfsizligiga xavf soldigan qoidabuzarliklardan foyda ko‘rishi mumkin”.

WhatsApp’ning ta’kidlashicha, biznes-akkaunt profillarida post joylanishidan oldin rasmlar tekshirilib, sinchiklab ko‘rib chiqiladi. Ushbu ijtimoiy tarmoq vakili ham hodisa yuzasidan bayonot bergan.

“Agar AQSHda terrorchi deb topilgan tashkilotlar bizning xizmatimizdan foydalanishga urinayotgani aniqlansa, biz qonuniy majburiyatlarimizga rioya qilish uchun tegishli choralar ko‘ramiz, jumladan, ushbu akkauntlarni bloklaymiz”.

Foto: The Guardian

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar