Daryo

Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi 

Mamlakat Bokuga o‘zining gaz omborlaridan foydalanishni taklif qildi

1 daqiqa o‘qish5 210 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina Ozarbayjondan gaz yetkazib berishni yo‘lga qo‘ymoqchi va Bokuga o‘zining yerosti gaz omborlaridan foydalanishni taklif qildi. Bu haqda Ukraina energetika vaziri German Galushchenko maʼlum qildi.

Foto: Global Look Press

Galushchenko ozarbayjonlik hamkasbi Parviz Shahbozov bilan Ukrainaga gaz yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qilganini aytdi. U Ukraina gaz sohasidagi hamkorlikning yangi formatlari uchun ochiqligini taʼkidladi. Mamlakat gazni xalqaro miqyosda saqlash uchun o‘zining omborlarini taklif qilmoqda.

12-iyul kuni Bokuda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Ukraina-Ozarbayjon hukumatlararo komissiyasining 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ukraina delegatsiyasiga Galushchenko boshchilik qildi.

2019-yilda Rossiya va Ukraina o‘rtasida tuzilgan gaz tranziti shartnomasi 2024-yil oxirida o‘z kuchini yo‘qotdi. Ukraina hukumati “Gazprom” bilan kelishuvni uzaytirishni istisno etdi. Yevropa Ittifoqi ham bundan manfaatdor emasligini taʼkidladi.

Bloomberg nashri 2024-yilning yozida Yevropa kompaniyalari Ozarbayjondan gaz sotib olish va keyinchalik uni Rossiya quvurlari orqali eksport qilishni variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi.

2025-yil mart oyi holatiga ko‘ra, Ozarbayjon 12 ta davlatga gaz yetkazib bergan, ulardan o‘ntasi Yevropaga to‘g‘ri keladi. 2025-yilda Boku tashqi bozorlarga 25 milliard kub metr gaz sotgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar