Daryo

“Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

Kataloniyaliklar a’zosining tovon puli 100 mln yevroni tashkil qiladi

1 daqiqa o‘qish6 635 ko‘rishlar0 izoh0

Angliyaning ikki top klubi — “Arsenal” hamda “Chelsi” Kataloniyaning “Barselona” jamoasida to‘p surayotgan 21 yoshli yarim himoyachi Mark Kasadoga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, Kasado va “Barselona” o‘rtasida tuzilgan shartnomada futbolchining tovon puli 100 million yevro etib ko‘rsatilgan. Shunga qaramay, “ko‘k-anorranglilar” yozgi transfer oynasida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida futbolchini arzonroq narxda qo‘yib yuborishga tayyor.

Londonning “Chelsi” klubi Kasadoni jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Rameo Laviaga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. “Arsenal” esa yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun futbolchining xizmatlariga qiziqmoqda.

Mark Kasado “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol va 6 golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Yarim himoyachining “Barselona” bilan shartnomasi 2028-yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 30 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar