Daryo

Ramazon Temirovning Asu Almabayevga qarshi jangi nega bekor qilingani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi doping testidan o‘tolmagani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish10 430 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik UFC ustasi Ramazon Temirov navbatdagi jangini qozoq sportchisi Asu Almabayevga qarshi o‘tkazishi kerak edi. Biroq, ushbu bahs bekor qilindi.

Foto: Sportsnews

Ma’lum bo‘lishicha, hech bir sportchi jarohat olmagan. Ammo o‘zbekistonlik UFC jangchisining Tailanddagi mashg‘ulotlari vaqtida infeksion yaralar paydo bo‘lgan:

Abu-Dabida Asu Almabayev bilan bo‘lishi kerak bo‘lgan jangimiz bekor qilindi. Na men, na u jarohat olgani yo‘q. Muammo boshqa tarafdan chiqdi.

Tailandga kelganimda mashg‘ulot paytida infeksion yaralar yuzaga keldi. Bu holat sportchilarda havo almashganda tez-tez uchrab turadi. Dietologim menga qanday dori ichish kerakligini aytdilar. Tavsiya etilgan dorini qabul qildim. Oradan uch-to‘rt kun o‘tib, doping-nazorat xodimlari kelib, mendan tahlil olishdi. Natijada, ichgan dorim tarkibida doping nazorati tomonidan taqiqlangan modda borligi aniqlanib, jang bekor qilindi, deydi Ramazon Temirov

Ma’lumot uchun, mazkur sportchilar 26-iyul kuni Abu-Dabida, UFC on ABC 9 turniri doirasida oktagonga ko‘tarilishi kerak edi. Endilikda Asu Almabayev ushbu turnirda perulik Xose Ochaoga qarshi jang qiladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar