Daryo

Hindistonda olomon jodugarlikda ayblangan oila a’zolarini o‘ldirdi

Qishloq aholisi kasallik tarqalishiga aynan shu oila sabab bo‘lganiga ishongach, ularni o‘ldirib, jasadlarini yoqib yuborgan

1 daqiqa o‘qish11 442 ko‘rishlar0 izoh0

Hindistonning Bixar shtatida jodugarlikda ayblangan oilaning besh a’zosini vahshiylarcha o‘ldirishda gumonlangan uch kishi hibsga olindi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Illyustrativ foto: The Times of India

Voqea 5-iyulga o‘tar kechasi Temta qishlog‘ida yuz bergan. O‘nlab mahalliy aholi oila a’zolarini o‘ldirib, jasadlarini yoqib yuborgan. Qurbonlar orasida uch nafar ayol ham bo‘lgan. Politsiya kechasi ularning kuygan jasad qoldiqlarini topgan.

Hodisa qishloqda kasallikdan bir bola vafot etganidan taxminan o‘n kun o‘tib sodir bo‘lgan. Bolaning akasi ham kasallikka chalingan. Aholi bu kasallikni o‘sha oila “jodugarlik orqali” keltirib chiqargan deb gumon qilgan. Qurbonlar — 50 yoshli Babu Lal Oraon, uning 70 yoshli onasi Kanto Devi, rafiqasi va ikki voyaga yetgan farzandi bo‘lgan.

Er-xotinning 16 yoshli o‘g‘li oilaning yagona omon qolgan a’zosi hisoblanadi. Uning aytishicha, 5-iyul kuni soat 22:00 atrofida taxminan 50 kishidan iborat olomon ularning uyiga bostirib kirib, onasini jodugarlikda ayblagan va so‘ng butun oilaga tig‘li qurollar bilan hujum qilgan.

Bixar politsiyasi qotillikni tergov qilish uchun maxsus tergov guruhi tuzgan. Hozirda qishloqning ko‘plab aholisi hujumga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar