Daryo

Yupiter orbitasi ichida yulduzlararo obyekt aniqlandi

Obyektning kelib chiqishi uning harakat yo‘nalishidan ma’lum bo‘lmoqda. Mutaxassislar fikricha, obyekt yadrosi diametri 20 km gacha bo‘lgan kometadan iborat

1 daqiqa o‘qish9 014 ko‘rishlar0 izoh1

Quyosh tizimiga A11pl3Z (3I/ATLAS) nomli yulduzlararo obyekt kirib keldi. Bu haqda Yevropa kosmik agentligiga asoslanib EarthSky portali xabar bermoqda.

“Hozirda bizga boshqa quyosh tizimidan kometaga o‘xshash jism tashrif buyurmoqda”, deya ta’kidlanadi xabarda.

Foto: Stellarium

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, obyektning Quyoshga eng yaqin kelishi oktyabr oyida, A11pl3Z Mars orbitasi ichiga kirganida sodir bo‘ladi. Nashr mualliflarining ta’kidlashicha, bu samoviy jism Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Foto: Stellarium

Obyektning kelib chiqishi uning harakat yo‘nalishidan ma’lum bo‘lmoqda. Mutaxassislar fikricha, obyekt yadrosi diametri 20 kilometrgacha bo‘lgan kometadan iborat. A11pl3Z Quyosh tizimidagi uchinchi yulduzlararo obyekt hisoblanadi.

Foto: Stellarium

Bundan oldin xalqaro astronomlar guruhi o‘lchamlari, harorati va zichligi jihatidan Yerga o‘xshash GJ 12 b ekzosayyorasini kashf etgan edi. Bu dunyo sayyoramizdan atigi 40 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan bo‘lib, Quyosh tizimidan tashqaridagi hayotni izlash uchun muhim nuqta bo‘lishi mumkin.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar