Daryo

Superliga. “Neftchi” Samarqandda “Dinamo”ni mag‘lub etdi

Mazkur g‘alabadan so'ng farg‘onaliklar 27 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi

1 daqiqa o‘qish4 588 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuv 2-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Samarqandda – “Dinamo” – “Neftchi” jamoalari o‘rtasida kechdi. 

Foto: O‘zPFL

O‘yinda hisob 24-daqiqada ochildi. Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning goli birinchi bo‘limda yagonaligini saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘limda ham har ikki jamoada qator vaziyatlar yaratildi. Undan ham farg‘onaliklar unumli foydalandi.

78-daqiqaga kelib Abrorbek Ismoilov hisobni ikkitaga oshirdi. Uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi va farg‘onaliklar g‘alabaga erishdi.

Mazkur g‘alaba bilan farg‘onaliklar 27 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Samarqandliklar esa 28 ochko bilan 2-pog‘onadan joy olgan.

Superliga

7-tur (qoldirilgan uchrashuv)

2-iyul, chorshanba

“Dinamo” — “Neftchi” 0:2

Gollar: Ibrohimhalil Yo’ldoshev, 24 (0:1), Abrorbek Ismoilov, 78 (0:2)

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar