Daryo

Ronaldu Diogu Jota va uning ukasining fojiali o‘limiga munosabat bildirdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Liverpul” futbolchisi boshqaruvidagi Lamborghini mashinasining shinalari yorilib ketgan

1 daqiqa o‘qish8 684 ko‘rishlar0 izoh0

Hujumchi Krishtianu Ronaldu “Liverpul” va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Diogu Jota, shuningdek uning ukasi — “Penafiel” futbolchisi Andre Silvaning fojiali vafoti munosabati bilan o‘z fikrini bildirdi.

Foto: Getty Images

Ronaldu o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:

Bu hech qanday ma’noga ega emas... Biz yaqindagina terma jamoada birga edik, Jota yaqinda oila qurgan edi... Sizlarning oilalaringizga, rafiqalaringizga va farzandlaringizga chuqur hamdardlik bildiraman, ularga sabr va kuch tilayman. Bilaman, sizlar har doim ular bilan bo‘lasiz. Tinch yotinglar, Diogu va Andre. Biz sizlarni juda sog‘inamiz.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu va Diogu Jota uzoq yillardan beri Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchilardan sanaladi. Ular 2025-yil 9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Millatlar Ligasi finalida Ispaniyani mag‘lub etib, jamoa bilan bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 3-iyul oqshomida 28 yoshli Diogu Jota va 25 yoshli Andre Silva Ispaniyada yuz bergan og‘ir yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lamborghini rusumidagi avtomobil yuqori tezlikda harakatlanib ketayotgan paytda shinalardan biri yorilib ketgan. G‘ildirak portlaganidan so‘ng boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan va yonib ketgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar