Daryo

CAFA Nations Cup-2025. O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari ma’lum bo‘ldi

Musobaqa 28-avgustdan 8-sentyabrga qadar Toshkent va Dushanbedagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish16 478 ko‘rishlar0 izoh0

CAFA Nations Cup-2025 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi A guruhidan joy oldi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Guruhda Temur Kapadze boshchiligidagi jamoaga Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ummon terma jamoalari raqiblik qiladi. B guruhidan Tojikiston, Eron, Afg‘oniston hamda Malayziya terma jamoalari joy oldi.

A guruhi

  • O‘zbekiston (mezbon)
  • Qirg‘iz Respublikasi
  • Turkmaniston
  • Ummon

B guruhi

  • Tojikiston
  • Eron
  • Afg‘oniston
  • Malayziya
Foto: O‘FA

Ma’lumot uchun, CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi 28-avgustdan 8-sentyabrga qadar O‘zbekiston va Tojikiston maydonlarida bo‘lib o‘tadi. A guruhi o‘yinlari va musobaqaning final uchrashuvi Toshkent shahrida, B guruhi va 3-o‘rin uchun bahs Dushanbe shahrida o‘tkziladi. Turnirga Ummon va Malayziya terma jamoalari mehmon sifatida taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi Eron terma jamoasi hisoblanadi. 2023-yil Toshkentda o‘tgan CAFA Nations Cup-2023 finalida forslar O‘zbekistonni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqqan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar