Daryo

“Barselona” futbolchisi: “‘Real’ — butun dunyo tan olgan klub”

Ferran Torres “Barselona”ning azaliy raqibi haqida iliq fikrlarni bildirdi

1 daqiqa o‘qish5 393 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres 2024/25-yilgi mavsum oldidan “Real Madrid” bilan raqobat va yangi mavsumdan kutilyotgan natijalar haqida fikr bildirdi.

Foto: Getty Images

Ispaniyalik futbolchi “Barselona”ning azaliy raqibi “Real” haqida iliq fikrlarni bildirdi:

“Real” — bu butun dunyo tan olgan klub. Har yili ular eng kuchli futbolchilarni xarid qilishga harakat qiladi. Ammo men o‘z jamoamdan, o‘tgan mavsumdagi natijalarimizda mamnunman, — dedi Torres.

Shuningdek, u “Barselona” yangi mavsumda favoritmi degan savolga quyidagicha javob berdi:

Menga favorit degan so‘z yoqmaydi. Chunki agar sen favorit bo‘lsang, barchaning diqqat markaziga aylanasan. Har bir raqib seni mag‘lub etish uchun alohida tayyorlanadi. Bu yil biz, Chempionlar Ligasidan tashqari, deyarli barcha musobaqalarda g‘alaba qozondik. Endi esa bu yutuqlarni himoya qilishni istaymiz, — deya Ferran Torresning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Ma’lumot uchun, “Barselona” o‘tgan mavsum Ispaniya La Ligasi, mamlakat kubogi hamda superkubogida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar Chempionlar Ligasi yarim finalida “Inter”ga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar