Daryo

Simone Inzagi: “Bunday bahslar bizning o‘sishimizga yordam beradi”

“Al-Hilol” bosh murabbiyi “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirdi

1 daqiqa o‘qish3 970 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi klublar o‘rtasidagi JCHning nimchorak finali o‘yini oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images

Murabbiy “Manchester Siti”dagi hamkasbi Pep Gvardiolani dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb atadi.

“Gvardiolani hurmat qilaman. “Manchester Siti"ga qarshi o‘ynash va uni yana ko‘rish yoqimli bo‘ladi. Menimcha u barchadan ko‘ra yaxshi murabbiy. Uning faoliyati ko‘p narsalarni so‘zlaydi. Hali hamon u raqobatbardosh bo‘lishni istamoqda. Uning “Manchester Siti”si bu turnirni fantastik o‘tkazmoqda.

Ularga qarshi o‘ynash men uchun katta sharaf. Bunday bahslar bizning o‘sishimizga yordam beradi”, degan Inzagi.

Maʼlumot uchun, uchrashuv 1-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar