Daryo

Jeff Bezos mehmonlardan to‘y sovg‘asi o‘rniga Venetsiyaga xayriya qilishni so‘radi

Shaharning ko‘plab aholisi bu tadbirga salbiy munosabat bildirgan edi

1 daqiqa o‘qish5 165 ko‘rishlar0 izoh0

61 yoshli Jeff Bezos va 55 yoshli Loren Sanches Venetsiyada nishonlayotgan to‘y marosimi munosabati bilan mehmonlardan ularga sovg‘a bermaslikni so‘rashdi. Ular do‘stlarining bu tarixiy shaharga xayriya qilishini istaydi.

Foto: People

Bu haqda People nashriga Venetsiya munitsipalitetining savdo va ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha mas’ul maslahatchisi Sebastyano Kostalonga ma’lum qildi.

“Bezos sovg‘alar kelin-kuyovga emas, balki Venetsiyaga berilishi kerakligini aytdi”, dedi u va “juda zaiflashib qolgan shaharni obodonlashtirish uchun mablag‘ olishdan juda xursand” ekanliklarini qo‘shimcha qildi.

Amazon asoschisi va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining bunday bayonot berishi Venetsiyaning tarixiy markazida to‘yga qarshi norozilik plakatlari paydo bo‘layotgan paytga to‘g‘ri keldi. Shaharning ko‘plab aholisi bu tadbirga salbiy munosabat bildirgan edi. Biroq Sebastyanoning aytishicha, venetsiyaliklarning aksariyati bunday tadbirlarga xotirjam munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, dunyoning eng boy insonlaridan biri hisoblangan Jeff Bezosning to‘yi 27–29-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Marosimda taxminan 250 nafar mehmon ishtirok etishi kutilmoqda.

To‘ydan avval mehmonlarni kutib olish marosimidan
Foto: Page Six

Jeff Bezos va Loren Sanches unashtirilganiga deyarli 2 yil bo‘ldi. 2023-yil may oyida 5 yillik munosabatlardan so‘ng Bezos Sanchesga turmush qurishni taklif qilgan.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar