Daryo

“Barselona” futbolchisini sotuvga qo‘ydi

1-iyuldan 15-iyulgacha himoyachini istalgan klub 65 mln yevro to‘lash orqali o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

1 daqiqa o‘qish6 669 ko‘rishlar0 izoh0

Kataloniyaning “Barselona” klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxo yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin. El Chiringuito nashrining xabar berishicha, 1-iyuldan 15-iyulgacha urugvaylik futbolchini istalgan klub 65 million yevro to‘lash orqali o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli himoyachining bozor qiymati keskin tushdi. Transfermarkt portali Arauxoni 35 million yevroga baholamoqda. Bu bir yil avvalgi narxidan deyarli ikki baravar arzon. Shu sababli, futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnomada ko‘rsatilgan 65 million yevrolik summani to‘lashga tayyor jamoalar soni juda kam.

Italiya nashrlariga ko‘ra, “Yuventus” Arauxo uchun 25–30 million yevro atrofida taklif tayyorlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Arauxo joriy yil yanvar oyida “Barselona” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirgan edi. Futbolchi o‘tgan mavsum La Liga doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol va 1 assist qayd etdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar