Daryo

“Roma” Saudiya chempionatidan futbolchi xarid qilmoqchi

Rimliklarning yangi ustozi Jan Pyero Gasperini uni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda

1 daqiqa o‘qish5 357 ko‘rishlar0 izoh0

Italiyaning “Roma” klubi 28 yoshli kot-d’Ivuarlik yarim himoyachi Frank Kessieni o‘z tarkibga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda taniqli insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.

Foto: Getty Images

Hozirda transfer haqida boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan. Biroq “Roma”ning yangi ustozi Jan Pyero Gasperini futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekanligi va u orqali yarim himoya chizig‘idagi muammoni bartaraf etishni istayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ayni payt Kessie Saudiya Arabistoni chempionatining “Al-Ahli” jamoasi safida to‘p surmoqda. Futbolchining jiddaliklar bilan shartnomasi 2026-yil iyun oyiga qadar amal qiladi.

Frank uchun A Seriya begona emas. Chunki u Saudiya Arabistoniga yo‘l olguniga qadar “Milan” sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Kessie biroz vaqt Kataloniyaning “Barselona” klubida ham o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Frank Kessie “Al-Ahli” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 14 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar