Daryo

Qirg‘izistonda davlat tilini bilmagan amaldorlar jarimaga tortiladi

Chet el fuqarosi ham qirg‘iz tilini bilmasa, immigrant maqomini ololmaydi

1 daqiqa o‘qish4 768 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘izistonda deputatlar davlat tilini qo‘llash bilan bog‘liq ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Illyustrativ foto: ChatGPT / “Daryo”

Yangi tuzatishlarga ko‘ra, quyidagi shaxslar uchun qirg‘iz tilini bilish majburiyati joriy etiladi:

  • parlament deputatlari,
  • Vazirlar Mahkamasi raisi va a’zolari,
  • Konstitutsiyaviy, Oliy va mahalliy sudlar sudyalari,
  • prokurorlar, tergovchilar,
  • Milliy bank, huquqni muhofaza qilish organlari hamda milliy xavfsizlik xodimlari.

Shuningdek, advokatlar va notariuslar ham qirg‘iz tilini yetarli darajada bilmasa, litsenziya olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, “Televideniye va radioeshittirish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, ko‘rsatuv va eshittirishlarning kamida 60 foizi davlat tilida bo‘lishi shart.

Yana bir muhim o‘zgarish – “Tashqi migratsiya to‘g‘risida”gi qonun bilan bog‘liq. Endilikda, davlat tilini yetarli darajada bilmaslik mamlakatda doimiy yashash uchun ruxsatnoma berishni rad etishga asos bo‘ladi. Chet el fuqarolari ham qirg‘iz tilini bilmasa, immigrant maqomini ololmaydi.

Davlat tilida tayyorlangan reklama matni til to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga va imlo qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim. Bunday matnlar mahalliy hokimiyat organi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Til qonunchiligini buzgan jismoniy shaxslarga 5 ming som (taxminan 711 ming so‘m), yuridik shaxslarga esa 17 ming som (salkam 2 million 416 ming so‘m) miqdorida jarima solinadi. Biroq bu me’yor jismoniy shaxslar uchun til bilish darajasi bo‘yicha qonunchilikda ko‘rsatilgan talablarga taalluqli emas. Qoidabuzarliklarni ko‘rib chiqish va jarima solish vakolati Davlat tili va til siyosati bo‘yicha Milliy komissiyaga yuklatiladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar