Daryo

Superliga. “Bunyodkor” mehmonda “Dinamo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Mazkur g‘alaba bilan toshkentliklar 21 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi

1 daqiqa o‘qish4 772 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan uchrashuv 23-iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Dinamo”

Unda Samarqandning “Dinamo” klubi o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qildi. O‘yin tezkor gol bilan boshlandi. 10-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan vaqtda Abduxoliqov dubl qayd etdi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasidayoq “qaldirg‘ochlar” yana gol urdi. Nosirjon Abdusalomovning goli hisobni uchtaga oshirgan edi. 

Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi. Mazkur g‘alaba bilan toshkentliklar 21 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. Samarqandliklar esa 25 ochko bilan 2-pog‘onadan joy olgan.

Superliga

13-tur

23-iyun, dushanba

“Dinamo” — “Bunyodkor” 0:3

Gollar: 0:1 – 10, Temurxo‘ja Abduxoliqov, 0:2 – 45+1, Temurxo‘ja Abduxoliqov, 0:3 – 46, Nosirjon Abdusalomov.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar