Daryo

Suratga olish jarayonida homiladorligini yashirgan aktrisalar 

Mazkur yulduzlar bir vaqtning o‘zida ikki xil rolni o‘ynashga ko‘nikkan: tomoshabinlar uchun film qahramoni, oila a’zolari uchun esa o‘zlari bo‘lishi kerak

2 daqiqa o‘qish4 679 ko‘rishlar0 izoh0

Yulduz onalar bir vaqtning o‘zida ikki xil rolni o‘ynashga ko‘nikkan. Tomoshabinlar uchun film qahramoni bo‘lishi, oila a’zolari uchun esa o‘zlari bo‘lishi kerak. Filmda suratga tushish jarayonida homiladorligini oxirigacha yashirgan mashhurlar haqida so‘z yuritamiz.

Skarlett Yoxansson

“Qasoskorlar: Altron davri” filmini suratga olish paytida Qora bevani gavdalantirgan Skarlett Yoxansson homilador bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, aktrisa tryuklarni bajarishdan voz kechmagan va hatto motosiklni o‘zi boshqargan.

“Homiladorlikning katta muddatida motosikl haydash mumkin emas, deb o‘ylayman, lekin men buni qildim. Motosikldagi barcha tryuklarni o‘zim bajardim”, deydi Yoxansson.

Bleyk Layvli

Bleyk Layvli birinchi marta “Adalin asri” filmida homilador holda suratga tushgan. O‘shanda hech qanday muammo yuzaga kelmagan, chunki Bleyk keng kiyim kiygan edi. Biroq “Sayozlik” filmini suratga olishda u deyarli butun vaqtini cho‘milish kiyimida o‘tkazib, qornini goh tosh orqasiga, goh serfing taxtasi ortiga yashirishga majbur bo‘ladi.

Gal Gadot

“Mo‘jizakor ayol” filmini suratga olish jarayonlarida aktrisa qizini yuragining ostida olib yurgan. Qizig‘i shundaki, hamkasblari bu haqda faqat Gal xavfli sahnalarda suratga tushishni to‘xtatgandan keyingina bilishgan.

“U filmning bir qismida homilador holda, boshqa qismida esa qattiq sovuqda maxsus kiyimda suratga tushdi. Undan nimalarni talab qilmadik. Har kuni sinovlar seriyasi bo‘lardi va u hammasiga rozi edi, deya xotirlaydi rejissyor Petti Jenkins.

Dryu Berrimor

Avval uzoq muddatli suratga olish uchun shartnoma imzolanadi, keyin esa homiladorligini bilib qoladi. Bu haqda aktrisa Dryu Berrimor yaxshi biladi. U “Aralashganlar” filmida rol o‘ynayotganida aynan shunday vaziyatga tushgan. Ammo rolining uddasidan chiqqan.

Penelopa Kruz

Aktrisaning o‘g‘liga homilador paytida “Karib dengizi qaroqchilari: noma’lum qirg‘oqlarda” filmida qatnashishga rozi bo‘lgani ajablanarli emas. Biroq suratga olish jarayonida uning xavfsizligiga hech qanday tahdid yo‘q edi.

“Ular chindan ham menga g‘amxo‘rlik qilishdi va to‘liq xavfsizligimni ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishdi”, deydi Penelopa hamkasblarining e’tibori haqida.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar