Daryo

Gollivudning mashhur aktrisalari yillar davomida qanchalik o‘zgargan? 

Shunday aktrisalar borki, ularga qarab beixtiyor mo‘jizalarga ishonging keladi, go‘yo ular yoshlik eliksirini topganday

2 daqiqa o‘qish11 159 ko‘rishlar0 izoh0

Shunday aktrisalar borki, ularga qarab beixtiyor mo‘jizalarga ishonging keladi. Go‘yo ular yoshlik eliksirini topganday. Quyida sevimli Gollivud yulduzlarimizga yana bir bor hayrat bilan nazar solishga va ularning qanday o‘zgarganini taqqoslashga qaror qildik.

Sheron Stoun 36, 55 va 66 yoshida

Sheron Stoun chiroyi bilan Gollivudni hayratga soldi va 90-yillarning super yulduziga aylandi. Keyinchalik u nafaqat jozibador ayol, balki kuchli xarakterga ega iste’dodli dramatik aktrisa ekanligini barchaga isbotladi.

Pamela Anderson 27, 42 va 57 yoshida

90-yillarda “Malibu qutqaruvchilari” serialidagi mallasoch qiz go‘zalligi bilan hammani lol qoldirgan edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan Pamela shunchaki chiroyli tashqi ko‘rinishdan ko‘ra ko‘proq narsaga qodirligini isbotladi. Hozirda u kinolarda suratga tushmoqda va hayvonlar huquqlari uchun kurashmoqda. Shuningdek, tabiiy qarish jarayonini ko‘rsatgan holda pardoz-andozdan voz kechib, ko‘pchilikka ilhom bermoqda.

Dayan Kiton 26, 57 va 76 yoshda

Dayan Kiton “Anni Xoll” filmidagi unutilmas roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi hamda “Cho‘qintirgan ota” trilogiyasida ham rol ijro etdi. Yangi ming yillikda u romantik komediya janrida ulkan muvaffaqiyatga erishdi va “Qoidalar bo‘yicha va qoidasiz sevgi” nomli mashhur filmda suratga tushdi.

Meril Strip 37, 62 va 74 yoshida

70-yillarning oxirida “Kiyik ovchisi” va “Kramer Kramerga qarshi” filmlaridagi rollari bilan u bir zumda o‘z avlodining yetakchi aktrisalaridan biriga aylanib, birinchi “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. Faol suratga tushishni davom ettirib, u “Qattiqqo‘l xonim” va “Mamma Mia!” filmlari orqali maftun etdi. Keyinchalik esa “Temir xonim” filmidagi ajoyib ijrosi uchun uchinchi “Oskar”ini qo‘lga kiritib, tarixdagi eng ko‘p mukofotlangan aktrisa maqomiga erishdi.

Helen Mirren 30, 57 va 78 yoshda

U “Qirolicha” filmidagi qirolicha Yelizaveta II roli bilan shuhrat qozondi va “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Keti Beyts 42, 63 va 75 yoshida

Keti “Mizeri” trilleridagi rolini ajoyib ijro etgani uchun “Oskar”ga sazovor bo‘ldi. 90-yillarda u “Titanik” filmida suratga tushdi. Hozirda aktrisa “Amerika dahshatlari tarixi” serialida shunday mahorat bilan o‘ynamoqdaki, bu unga “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritish imkonini berdi.

Juliya Roberts 23, 44 va 56 yoshda

Ko‘pchilik Juliya Robertsni 1990-yilda “Sohibjamol” filmi orqali tanigan. Shu filmdan so‘ng u Gollivudning romantik komediyalar malikasiga aylandi. 2000-yillarda esa u “Erin Brokovich” filmi uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritib, o‘zining dramatik iste’dodini namoyon eti. 

Sandra Bullok 28, 49 va 57 yoshda

Sandra Bullok 90-yillarda “Buzg‘unchi”, so‘ngra “Tezlik” filmidan so‘ng shuhrat qozondi. U komediya va dramalar orasida muvozanatni saqlab, Gollivudning eng sevimli aktrisalaridan biriga aylandi.

Julianna Mur 35, 49 va 63 yoshda

Julianna Mur “Bugi uslubidagi kechalar” filmi uchun ilk bor “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ldi. Keyinchalik “Jannatdan uzoqda” va “Inson farzandi” kabi filmlarda bir qator murakkab dramatik rollarni ijro etdi. Karyerasining cho‘qqisida “Hamon Elis” filmidagi roli uchun uzoq kutilgan “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar