Daryo

Fransiya klubi skauti Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda

O‘zbekistonlik hujumchi “Bashakshehir” bilan shartnoma imzolamasa, fransuz jamoasi unga rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin

1 daqiqa o‘qish8 620 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Footmercato nashrining xabariga ko‘ra, “Renn” klubi skauti Loik Dezire futbolchi haqida dastlabki ma’lumotlarni yig‘gan.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, “Renn” hali “Roma” bilan muzokaralarni boshlamagan. Bunga sabab — ular Istanbulning “Bashakshehir” klubi Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat qilayotganini yaxshi bilishadi. Shu bois fransuz klubi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Agar hujumchi istanbulliklar bilan shartnoma imzolamasa, “Renn” rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Bashakshehir” Shomurodov uchun “Roma”ga 7 million yevrolik taklif yuborgan. Turk matbuotida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bu transfer kelgusi haftalarda ijobiy yakunlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shomurodov ayni paytda Istanbulda ekani va klub bilan barcha shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Yaqin kunlarda u bilan rasmiy shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Shomurodov 2024/25-yilgi mavsumda “Roma” safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar