Daryo

Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

Taqiq ushbu davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar uchun ham amal qiladi

1 daqiqa o‘qish3 359 ko‘rishlar0 izoh0

Latviya seymi Rossiya va Belarus fuqarolari hamda ushbu davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar uchun mamlakat hududida ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda LSM nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Qonunni 69 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 8 nafari qarshi ovoz berdi. Hujjat “Milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi bitimlarni cheklash to‘g‘risida” deb nomlanadi. Taqiq Rossiya va Belarus fuqarolari ustav kapitalining kamida 25 foiziga egalik qiladigan va ular benefitsiar bo‘lgan yuridik shaxslarga ham tatbiq etiladi. Qonunga bir qator istisnolar kiritilgan. Xususan:

  • Rossiya va Belarus fuqarolari, agar mol-mulk ularga meros yo‘li bilan yoki sud qarori bilan o‘tsa, unga egalik qilishi mumkin.
  • Latviyada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan yoki Yevropa Ittifoqining doimiy rezidenti maqomiga ega bo‘lgan Rossiya va Belarus fuqarolari uchun yengillik beriladi. Ular yagona uy-joy sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Belaruslar va rossiyaliklar tomonidan ko‘chmas mulkni sotib olish gibrid urush vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, deyiladi hujjatda.

2025-yil aprel oyida Finlyandiyada shunga o‘xshash qonun qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, mamlakatda ko‘chmas mulkni faqat doimiy yashash huquqiga ega bo‘lgan Rossiya fuqarolari sotib olishi mumkin. 2023-yildan boshlab shunga o‘xshash choralar Litvada amal qilmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar