Daryo

Florian Virts hafta oxirida “Liverpul”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Florianning maoshi bonuslarga qarab yiliga 10,2 dan 12,7 mln funtgacha bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish3 718 ko‘rishlar0 izoh0

Germaniyalik futbolchi Florian Virts hafta oxirida “Liverpul”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Foto: Getty Images

Maʼlum qilinishicha, futbolchi taʼtili yakunlangach Buyuk Britaniyaga uchib ketadi.

“Liverpul” Virts uchun 100 mln funt sterling to‘lov qiladi. Shuningdek, yana 16,5 mln funt bonuslar sifatida to‘lab beriladi.

Florianning maoshi bonuslarga qarab yiliga 10,2 dan 12,7 mln funtgacha bo‘ladi.

Maʼlumot uchun, o‘tgan mavsumda Virts “Bayer” safida Bundesligada 31 ta o‘yinda 10 gol urdi va 12 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar