Jennaro Gattuzo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ish boshlashga yaqin.

47 yoshli mutaxassis Italiya termasi bilan 1+1 ko‘rinishda shartnoma imzolaydi. Agar murabbiy Italiyani Jahon Chempionatiga olib chiqsa shartnoma yana 1 yilga uzaytiriladi.
Gattuzoga terma jamoada Leonardo Bonuchchi va Andrea Barsali yordam berishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, bundan avval Gattuzo Xorvatiyaning “Xayduk” klubida faoliyati olib borgandi. U jamoa bilan 5 iyun kuni xayrlashdi.
Jennaro murabbiylik faoliyati davomida “Marsel”, “Valensiya”, “Napoli”, “Milan” kabi jamoalarda faoliyat olib borgan.
Maʼlumot uchun, JCH saralashi guruh bosqichida Italiya terma jamoasi 3 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)