Daryo

Kevin De Bryuyne faoliyatini Italiya klubida davom ettiradi — manba

Futbolchini olib kelgan samolyot 12-iyun, payshanba kuni Rimga qo‘ngan

1 daqiqa o‘qish4 580 ko‘rishlar0 izoh0

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne “Manchester Siti”dan “Napoli” klubiga o‘tish arafasida turibdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, futbolchi shartnoma imzolash uchun Italiyaga yetib kelgan.

Foto: Mancity.com

Manbaga ko‘ra, futbolchini olib kelgan samolyot 12-iyun, payshanba kuni Rim shahriga qo‘ngan. 33 yoshli Neapol klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Avvalroq Fabritsio Romano belgiyalik futbolchining “Manchester Siti”dan “Napoli”ga o‘tishi bo‘yicha barcha muzokaralar yakunlanganini va bitim to‘liq kelishilganini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, yangi shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchining yillik maoshi 5 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum De Bryuyne “Manchester Siti” safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 8 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar