Daryo

Italiya terma jamoasi bosh murabbiy qidirmoqda

Ro‘yxatdan uchta taniqli mutaxassis nomi keltirilgan

1 daqiqa o‘qish5 367 ko‘rishlar0 izoh0

Italiya terma jamoasining bosh murabbiyi Luchano Spaletti iste’fosidan so‘ng, uning o‘rniga tayinlanishi mumkin bo‘lgan nomzodlar nomi e’lon qilindi. The Athletic nashrining xabar berishicha, asosiy da’vogar sifatida 2006-yilgi Jahon chempioni Fabio Kannavaro ko‘rilmoqda.

Foto: Getty Images

51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida “Yuventus”, “Real Madrid”, “Inter” va “Napoli” klublarida safida to‘p surgan. Uning murabbiylik faoliyatidagi so‘nggi ish joyi “Dinamo Zagreb” jamoasi bo‘lib, aprel oyida Xorvatiya klubidan ishdan bo‘shatilgan.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marsio bergan ma’lumotga ko‘ra, Kannavaroga asosiy raqobatchilar sifatida yaqinda murabbiylik faoliyatini yakunlab, “Roma” klubida texnik direktor lavozimini egallagan Klaudio Ranyeri hamda hozirda Saudiya Arabistonining “An-Nassr” jamoasini boshqarayotgan Stefano Pioli ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 9-iyun, dushanba kuni jahon chempionati saralashi doirasida Moldovaga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar