Daryo

Tailandlik ayol chiqindi tashlash joyidan salkam 368 ming dollardan ortiq pul topib oldi

Pulning egasi uning qo‘shnisi bo‘lib chiqqan

1 daqiqa o‘qish3 476 ko‘rishlar0 izoh0

Tailandlik ayol tasodifan chiqindixonada 12 million bat (salkam 368 ming AQSH dollardan ortiq) solingan plastik idishni topib oldi. Bu haqda mahalliy The Thaiger nashri xabar bermoqda.

Foto: Facebook/ K Payafai Fast

Voqea 5-iyun kuni kechqurun Tailandning Nontxaburi viloyatidagi Pakkret tumanida sodir bo‘lgan. Usa ismli ayol politsiyaga murojaat qilib, o‘zi yashaydigan turar joy majmuasining to‘rtinchi qavatidagi chiqindixonadan pul topganini ma’lum qilgan.

Ayolning aytishicha, u kechqurun uyiga qaytganda, o‘z qavatida deyarli yangi, tashlab ketilgan plastik idishni ko‘rib, uni o‘ziga olishga qaror qilgan. Idish ichida ming batlik banknotlar to‘plami borligini ko‘rgach, ayol darhol politsiyani chaqirgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari topilmani tekshirib, konteynerda puldan tashqari, Milliy teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar komissiyasi boshqarmasiga tegishli rasmiy hujjatni ham topishgan. Barcha hujjatlarda Tavivat degan ism qayd etilgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari ushbu mablag‘ 2020-yilda yechib olingan bank nomini ham aniqlashgan.

Foto: Facebook/ K Payafai Fast

Keyinchalik mablag‘ egasi topilgan. U o‘sha turar joy majmuasining fuqarosi bo‘lgan. Uning aytishicha, u kvartirasini ta’mirlashga tayyorgarlik ko‘rayotganida plastik qutini ichida faqat eski kiyimlar bor deb o‘ylab, chiqindi qutisiga tashlab yuborgan.

Erkak bir nechta kompaniyalarda yurist va maslahatchi bo‘lib ishlab, halol yo‘l bilan pul topganini ta’kidlagan. U 2020-yildayoq bankdan mablag‘larni yechib olganini aytgan. Hozirda politsiya uning so‘zlarini tekshirmoqda.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar