Daryo

Germaniya urushdan himoyalanish uchun millionlab bunkerlar qurishni rejalashtirdi

Yaqin 10 yil ichida bombapanohlar qurishga 30 mlrd dollar sarflanishi maʼlum qilindi

1 daqiqa o‘qish3 651 ko‘rishlar0 izoh0

Germaniya 8-iyun kuni mamlakat yaqin kelajakda ko‘proq bombapanoh yaratish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Medium

Fuqarolik muhofazasi va tabiiy ofatlarga yordam berish federal boshqarmasi (BBK) rahbari Ralf Tiesler 8-iyun kuni bu haqda ommaga e’lon qilgan.

BBK rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hozirda urushga yetarlicha tayyor emas. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bir qator mamlakatlarda, ayniqsa, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha va Germaniyada Moskva bir necha yil ichida NATO hududiga hujum qilishi xavotirini uyg‘otgan.

“Uzoq vaqt davomida Germaniya urushga tayyorgarlik ko‘rmayapti, degan fikr keng tarqalgan edi. Endi holat o‘zgardi. Biz Yevropada keng ko‘lamli hujumkor urush xavfi borligidan xavotirdamiz” dedi Tiesler.

U xavfsizlik infratuzilmasini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun milliardlab yevrolik xarajat bo‘lishini aytgan.

“Fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalar juda ulkan. Kelgusi 4 yilda bizga kamida 10 milliard yevro kerak. Yaqin o‘n yillikda esa kamida 30 milliard”, deya qo‘shimcha qildi Tiesler.

Yuqori xavfsizlikka ega yangi bunkerlarni qurish ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi. Tezroq va arzonroq yechim sifatida u tunnellar, metro bekatlari, yerosti avtoturargohlari va jamoat binolarining yerto‘lalarini bombapanohlarga aylantirishni e’lon qilgan.

Loyiha bombapanohlarni barcha zarur narsalar bilan, jumladan, oziq-ovqat, hojatxona va yotoqlar bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Kirish joylari maxsus belgilar bilan belgilanib, boshpanalar haqida mobil ilovalar orqali ma’lumot olish mumkin bo‘ladi. Boshqarma bu yil yozda batafsil konsepsiyani taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar