Daryo

Lamin Yamal: “Ronaldu — afsona, lekin mening vazifam g‘alaba qozonish”

“Barselona” futbolchisi Portugaliyaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish7 125 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Ronaldu bilan to‘qnash kelishim? U — futbol afsonasi, albatta, hurmatga loyiq. Ammo men o‘z vazifamni bajarishga harakat qilaman. Mening maqsadim — bu o‘yinni yutish, deya Yamalning so‘zlarini keltirdi Marca nashri

Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli Yamal Fransiyaga qarshi yarim finalda dubl qayd etib, Ispaniyani Millatlar Ligasi finaliga olib chiqqandi. Uchrashuv 5:4 hisobida “qizil furiya” foydasiga yakunlangan. Bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Yamal 8-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan finalda Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

Millatlar Ligasi finali — Ispaniya va Portugaliya o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar