Daryo

Arxeologlar Iso payg‘ambar suvni sharobga aylantirgan joyni topdi 

Bunga dalil bo‘luvchi topilmalar aniqlandi

2 daqiqa o‘qish5 258 ko‘rishlar0 izoh0

Tarixchilar Iso payg‘ambarning birinchi mo‘jizasi — suvni sharobga aylantirgan hududni topganini ma’lum qildi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Foto: Fox News

Iso payg‘ambarning Kanada sodir etgan ilk mo‘jizasi haqida Bibliyada oz ma’lumot berilgan. U qishloqdagi to‘y marosimida suvni sharobga aylantirgan.

Eng keng tarqalgan nazariyaga ko‘ra, Isroildagi Kafr Kanna shaharchasi aslida Bibliyada tilga olingan Kanaa shahri bo‘lgan. 1914-yilgi katolik ensiklopediyasiga ko‘ra, ziyoratchilar bu joyni qadimdan muqaddas deb bilgan.

 
Foto: Fox News

Ammo tarixchi Tom Makkollou Kana aslida Kafr Kannaning (yoki Xirbet Qana) shimolidan besh mil uzoqlikda joylashganini aytmoqda. Xirbet Qana deb nomlangan hudud miloddan avvalgi 323-yildan milodiy 324-yilgacha yahudiylar qishlog‘i bo‘lgan.

Makkollou 2017-yilda nafaqaga chiqqunga qadar Centre kollejida din va tarixdan dars bergan. U aynan Xirbet Qanada Iso payg‘ambar suvni sharobga aylantirganini ta’kidlagan.

“Boshqa hech bir joy Xirbet Qanachalik ishonchli dalillarga ega emas”, degan olim.

Asosiy dalil xristianlar tomonidan foydalanilgan tunnellar hisoblanadi. Bu yer Iso payg‘ambar bilan bog‘liq turli hikoyalarda tilga olingan.

“Nasroniy ziyoratchilar suv va sharob mo‘jizasini e’zozlash uchun keladigan g‘orni topishga muvaffaq bo‘ldik. Bu majmua V asr oxiri yoki VI asr boshlaridan boshlab XII asr salibchilar davrigacha ziyoratchilar tomonidan foydalanilgan”, deydi olim.

Qazishmalar paytida mehrob va tosh idishli javon ham topilgan. Olimning ta’kidlashicha, Bibliyada tilga olingan oltita tosh xumga o‘xshash beshta xumning o‘rni ham aniqlangan. Qazishmalar natijasida g‘or devorlarida Kyirie Iesou, Koine yunoncha iborasi, ya’ni Iso ma’nosini anglatadigan yozuvlar ham topilgan.

Foto: Fox News

Shuningdek, Makkollou o‘z fikrini qo‘llab-quvvatlash uchun birinchi asr yahudiy tarixchisi Flaviy Iosifning asaridan foydalangan.

“Muallifning keltirgan ma’lumotlari geografik jihatdan Xirbet Qana joylashgan hududga to‘g‘ri keladi. Yuhanno Xushxabari uchun Qana qaysidir ma’noda Iso payg‘ambarning xavfsiz joyi yoki faoliyat markazi bo‘lgan. U va uning shogirdlari Yahudiyada qarshilikka duch kelganlarida, aynan o‘sha joyga borgan”, deydi u.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar