Daryo

Lukas Vaskesga arab mamlakatlaridan jozibali taklif bor

Ispaniyalik futbolchi hali ketish yoki qolish haqida bir qarorga kelmagan

1 daqiqa o‘qish4 322 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi himoyachisi Lukas Vaskes joriy mavsum yakunida jamoani tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda Todofichajes nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, tajribali futbolchiga Yevropadan tashqaridagi klublar, xususan Saudiya Arabistoni va Qatar chempionatlari vakillari qiziqish bildirmoqda. Lukas Qatar klubidan moliyaviy tomonlama ancha yaxshi bo‘lgan taklif olgani aytilmoqda. Agar kelishuvga erishilsa, ispaniyalik himoyachining keyingi manzili Osiyo qit’asi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Saudiya Pro Ligasidan ham bir nechta klublar Vaskes atrofidagi vaziyatni o‘rganib chiqmoqda. Biroq futbolchi hozircha takliflarni ko‘rib chiqayotgani yo‘q, sababi u “Real” bilan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida munosib ishtirok etishni istamoqda. Shundan keyin kelajagi haqida o‘ylab ko‘radi. 

Futbolchi yanvar oyida bergan intervyusida shunday degan edi:

Ketish yoki qolish o‘z qo‘limda. Mavsum yakunlangach, qaror qabul qilaman.

33 yoshli Vaskes 2015-yil yozidan beri “qirollik klubi” safida to‘p surmoqda. U madridliklar bilan 22 ta chempionlik, jumladan, 5 ta Chempionlar Ligasi oltin medallariga ega chiqqan. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2025-yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 3,5 million yevro deb baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar