Daryo

Flik “Barselona” bilan shartnomani uzaytirdi

Germaniyalik mutaxassis “ko‘k-anorranglilar”ni 2024-yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda

1 daqiqa o‘qish3 918 ko‘rishlar0 izoh0

Germaniyalik murabbiy Xans-Diter Flik “Barselona” bilan kelishuvni uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: X

Maʼlum qilinishicha, Flikning Kataloniya klubi bilan yangi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan.

Germaniyalik mutaxassis “ko‘k-anorranglilar”ni 2024-yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda.

Maʼlumot uchun, Flik joriy mavsumda uchta sovrinni qo‘lga kiritdi. Bular – La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar