Daryo

AQSH Afg‘onistondan qo‘shinlari olib chiqilgani bo‘yicha tergov o‘tkazadi

Pentagon rahbari buning uchun maxsus guruh tuzishni buyurdi

1 daqiqa o‘qish36 128 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH mudofa vaziri Pit Xegset 2021-yilda Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi bo‘yicha avvalgi tekshiruvlar natijalari va boshqa faktlarni o‘rganish uchun maxsus guruh tuzishni buyurdi.

Foto: Getty Images
Mudofaa vazirining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi va katta maslahatchi Shon Parnellga vazirlik uchun maxsus kuzatuv guruhini to‘plashni buyuraman, u avvalgi tergovlarni diqqat bilan o‘rganib chiqadi... va AQSH uchun jahon sahnasidagi eng qorong‘i va halokatli lahzalardan biriga olib kelgan qaror qabul qilish jarayonini tahlil qiladi, dedi Xegset

U avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp bilan birgalikda Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish chog‘ida nimalar sodir bo‘lganini o‘rganib chiqishga va’da berganini yana bir bor eslatdi. Pentagon rahbariga ko‘ra, vazirlik so‘nggi 3 oy davomida ushbu hodisani o‘rganish bilan shug‘ullangan va endi keng qamrovli tekshiruv o‘tkazadi.

Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Jo Bayden ma’muriyati boshchiligidagi qo‘shinlarning olib chiqilishi tartibsiz kechgan. Fojiali oqibatlardan biri 2021-yil 26-avgust kuni Kobul aeroporti yaqinida sodir etilgan terakt bo‘lib, unda 13 nafar amerikalik harbiy va 170 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Bayden qo‘shinlarning olib chiqilishi AQSH manfaatlariga mos kelishini aytib, missiyani muvaffaqiyatli deb atagandi. 2021-yil avgust oyida AQSH va NATO harbiylari Afg‘onistonni tark etgach, mamlakatda hokimiyat “Tolibon” harakati qo‘liga o‘tdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar