Daryo

Avstraliya Ukrainaga tanklar yuboradi

Mamlakat Rossiyaga qarshi turishda Ukrainaga “qo‘lidan kelganicha” yordam berishini ma’lum qilgan

1 daqiqa o‘qish6 216 ko‘rishlar0 izoh0

Avstraliya foydalanishdan chiqarib yuborilgan Abrams tanklarini Ukrainaga yuborayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: RBC Ukraine

Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze 18-may kuni Rimda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi va mamlakat Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun “qo‘lidan kelganini qilishini” ta’kidladi.

Albaniya hukumati 2024-yili Ukrainaga iste’fodagi tanklarni sovg‘a qilishga va’da bergan, biroq ular Avstraliyada qolib ketgan edi. Bu kechikishda AQSHning aybi bo‘lgani taxmin qilingan. AQSH rasmiylari Avstraliyaning tanklarni Ukrainaga sovg‘a qilish qaroriga salbiy munosabat bildirgan. Ammo tanklar allaqachon Ukrainaga qarab yo‘lga chiqqan.

“2024-yili biz avstraliyaliklarga Abrams tanklarini yuborish murakkab bo‘lishini, yetib borgan taqdirda ham, tanklarni saqlab qolish qiyin bo‘lishi haqida aytgan edik”, dedi AQSH rasmiysi.

Entoni va Zelenskiy o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralar Avstraliya Rossiyaga maksimal bosim o‘tkazishda qanday yordam berishi mumkinligiga qaratilgan. Mamlakat Ukrainaga, taxminan, 1,5 milliard Avstraliya dollari miqdorida yordam ko‘rsatgan. Vazir jurnalistlarga tanklarni yetkazib berish sanasi va jadvali haqida hech qanday tafsilotlarni oshkor qilmadi. Bu Ukrainaning urush harakatlariga putur yetkazishi mumkinligini aytgan.

Avstraliya allaqachon Rossiyaning 1400 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritgan, ammo Zelenskiy Kanberradan yanada ko‘proq choralar istayotganini aytgan. Albaneze bunga javoban, Avstraliya Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun “qo‘lidan kelganini qiladi,” degan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar