Daryo

Kipriklarni o‘stirish va qalinlashtirishga yordam beradigan tavsiyalar

Oddiy va samarali tavsiyalar yordamida tabiiy ravishda jozibali kipriklar o‘stirishingiz mumkin

2 daqiqa o‘qish6 046 ko‘rishlar0 izoh0

Uzun, zich va chiroyli kipriklarga ega bo‘lish har bir ayolning orzusi. Bir necha oddiy tavsiyalarga amal qilsangiz, kipriklaringiz haqiqatan ham jozibali va go‘zal bo‘lishi mumkin.

Foto: flickr.com

Sog‘lom ovqatlanish — muvaffaqiyat kaliti

Kipriklar 96 foiz keratindan iborat bo‘lib, bu ularni kuchli va sog‘lom qiladi. Kipriklarning o‘sishi uchun oqsilga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qiling. Masalan, baliq, go‘sht, sut mahsulotlari, yong‘oqlar va zaytun yog‘i. Shuningdek, A va E vitaminlarini unutmaslik kerak. Ular kipriklarni mustahkamlashga yordam beradi.

O‘sish uchun yog‘lar

Kipriklarni o‘stirishda eng samarali vositalardan biri kastor yog‘idir. U o‘sishni rag‘batlantiradi va follikulalarni mustahkamlaydi. Uni eski tush cho‘tkasidan yoki paxta diskidan foydalanib kipriklarga surting. Yog‘ni 15 daqiqa davomida ushlab turing, ammo tun bo‘yi qoldirmang.

Kipriklar uchun zardoblardan foydalanish

Bozorda kipriklar o‘sishiga yordam beradigan ko‘plab zardoblar mavjud. Gialuron kislota, peptid va vitaminlar mavjud bo‘lgan mahsulotlarni tanlang. Ular kipriklarni oziqlantirib,  tezroq o‘sishiga yordam beradi.

Makiyajni o‘chirish

Uxlashdan oldin makiyajni yaxshilab o‘chirish muhim. Sifatli tozalash vositalaridan foydalaning va ko‘zlaringizni ishqalamang. Bu kipriklarni sinishi va to‘kilishining oldini oladi. 

To‘g‘ri parvarish qilish

Kipriklarga soch balzamini surting. U ham kipriklar uchun mos keladi. Bu ularni mustahkamlashga va yumshoqroq qilishga yordam beradi. Soch konditsionerini ishlating, u kipriklaringizni mustahkam qiladi.

Tozalikka e’tibor bering

Kipriklarni muntazam ravishda bolalar shampuni bilan yuving. Bu kipriklarni toza saqlashga yordam beradi va ularning o‘sishini yaxshilaydi.

Biotin bilan mustahkamlash

Biotin — B guruhiga mansub suvda eriydigan vitaminni qabul qiling. Bu sochlarni mustahkamlaydi va ularning o‘sishini rag‘batlantiradi. Bu nafaqat kipriklarni o‘stirishga yordam beradi, balki tirnoqlar va terining holatini ham yaxshilaydi.

To‘g‘ri tush tanlash

Asal mumi va pantenolga ega tushni tanlang. Bu tarkibiy qismlar kipriklarni oziqlantiradi, ularni mustahkamlaydi va shikastlanishdan himoya qiladi.

Bolalar upasidan foydalanish

Birinchi tush surting, keyin kipriklarga bolalar upasini seping. Shunday qilib, kipriklaringiz vizual ravishda uzunroq va zichroq ko‘rinadi.

Ushbu oddiy tavsiyalarga amal qilgan holda, siz ulama kiprikka murojaat qilmasdan, sog‘lom, uzun va zich kipriklarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Jizzaxdanman. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti teleradio jurnalistikasi yo‘nalishini bitirganman. “Daryo”da 2025-yildan beri muxbir lavozimida ishlayman va turli xil yo‘nalishda reportajlar, intervyular tayyorlayman hamda ularni saytga xabar qilib beraman. Har yili “Fantomas” filmini takror ko‘raman. “Mehrobdan chayon” (Abdulla Qodiriy publitsistikasi) ni sevib mutolaa qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar