Daryo

Tinch okeanida 55 kun qolib ketgan 5 nafar baliqchi qutqarildi

Ular tirik qolish uchun dvigateldagi zanglagan suvda baliq qaynatib yegan

1 daqiqa o‘qish4 340 ko‘rishlar0 izoh0

Tinch okeanida 2025-yil mart oyida bedarak yo‘qolgan besh nafar baliqchi 55 kundan so‘ng Ekvador harbiy-dengiz kuchlari tomonidan topildi. Ular yomg‘ir va dengiz suvini ichib omon qolgan. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Foto: Fox News

Uch perulik va ikki kolumbiyalik baliqchi 7-may kuni Ekvadorning Aldo qayig‘i tomonidan topib olingan. Dengiz flotining ta’kidlashicha, baliqchilar Pukusana ko‘rfazidan suzib ketishganidan ikki kun o‘tib, qayiqlarining generatorlari shikastlangan. Oqibatda navigatsiya vositalari ishlamay qolgan va ular yordam chaqira olmagan. 

Qiyin ahvolga tushib qolgan ishchilar tirik qolish uchun dvigateldagi zanglagan suvda baliq qaynatib yegan. Ichimlik suvi sifatida esa dengiz va yomg‘ir suvidan foydalanishgan.

Foto: Fox News

Baliqchilarning ahvoli barqarorligi ochiqlandi. Harbiy-dengiz kuchlari ularni o‘z yurtlariga qaytarish ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar