Daryo

Erling Holand “Real” va “Barselona” o‘rtasida tanlov qildi — manba

Norvegiyalik futbolchi 2026-yilda “Manchester Siti”ni tark etishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish96 428 ko‘rishlar0 izoh3

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand kelajakda Ispaniyada o‘ynashni rejalashtirmoqda. Avvalroq uning nomini La Liganing ikki grandi — “Real” va “Barselona” bilan bog‘lashgan edi. El Nacional nashri xabariga ko‘ra, norvegiyalik yulduz “Real” variantiga rad javobini bergan.

Foto: Getty Images

Holandning bu qarori moliyaviy sababga emas, raqobat bilan bog‘liq. U “Real Madrid” safida Vinisius Junior va Kilian Mbappe bor ekan, asosiy tarkibga kira olishiga shubha qilmoqda. Shu sababli, u madridliklar bilan yaqin kelajakda shartnoma imzolash niyatida emas.

Ammo “Barselona” Holand uchun yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Erling bu jamoaning yetakchilaridan biriga aylanib, nimalarga qodir ekanligini isbotlashni istamoqda. Manbaga ko‘ra, hujumchining Kataloniya klubiga transferi 2026-yil yozida ro‘y berishi mumkin.

Avvalroq OAVda “ko‘k-anorranglilar” prezidenti Joan Laporta Holandning transfer qilishni istayotgani va bu uchun harakat boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Agar kataloniyaliklar buni amalga oshirishni istasa, shu vaqtgacha moliyaviy barqarorlikka erishishi hamda taxminan 175 million yevro miqdoridagi mablag‘ini tayyorlashi lozim bo‘ladi. Aks holda “shaharliklar” bilan kelisha olmasligi mumkin.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar