Daryo

Putin Ukrainaga hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qildi

Rossiya rahbari muzokaralar 15-may kuni Turkiyada qaytadan boshlanishini va sulh bo‘yicha kelishib olish mumkinligini ta’kidlagan

1 daqiqa o‘qish6 554 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni, hech qanday oldindan shartlarsiz, 2022-yilda to‘xtatilgan joyda — Istanbulda, shu yilning 15-may kuni qayta boshlashni taklif qilmoqda. Bu haqda u 11-mayga o‘tar kechasi jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.

Foto: arabic.rt
“Biz muzokaralarni cho‘zmasdan, avvalgi o‘tkazilgan joy — Istanbulda, 15-may kuni boshlashni taklif qilamiz”, degan Putin.

Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, ertaga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbat rejalashtirilgan bo‘lib, bu suhbat davomida u muzokaralarni o‘tkazish imkoniyati masalasini muhokama qiladi.

Shu bilan birga, Vladimir Putin Moskva hech qanday old shartlarsiz muzokaralarga tayyor ekanini ta’kidlagan.

“Biz Ukraina bilan jiddiy muzokaralarga tayyormiz. Muzokaralarning asosiy maqsadi — mojaroni keltirib chiqargan asosiy sabablarni bartaraf etish va uzoq muddatli, barqaror tinchlikka erishishdir”, dedi u.

Putinning aytishicha, bo‘lajak muzokaralarda yangi va haqiqiy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish ehtimoli ham mavjud.

“Bu muzokaralar davomida yangi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga, ya’ni haqiqiy sulh bo‘yicha kelishib olish mumkinligini istisno qilmaymiz. Endi qaror Kiyev tomonda”, deya qo‘shimcha qilgan Rossiya rahbari.

Toshkent tumanida tug‘ilganman. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta'lim olganman. 2024-yil oktyabr oyidan buyon “Daryo”da muxbir lavozimida ishlayman. Asosan tahliliy maqolalar tayyorlash va intervyular bilan shug‘ullanaman. Sevimli filmlarim: “Forrest Gamp”, “Uzuklar hukmdori”, “Anna”, “Shoushenkdan qochish” Sevimli kitoblarim: “O‘tkan kunlar”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Buyuk shaxmat taxtasi”, “Graf Monta Kristo”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar