Daryo

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Davlat departamenti Kiyevga birinchi marta Donald Tramp davrida qurol sotishni ma’qulladi

1 daqiqa o‘qish5 560 ko‘rishlar0 izoh0

Qo‘shma Shtatlar Germaniyaga Ukraina uchun 125 ta uzoq masofali artilleriya raketasi va 100 ta Patriot raketasini topshirishga ruxsat berdi. Bu haqda New York Times o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Patriot raketa tizimi
Foto: news.mail.ru

Nashrning eslatishicha, o‘ta zarur qurollar AQSHda ishlab chiqariladi va ular boshqa davlatga tegishli bo‘lsa ham, Amerika hukumati ruxsatisiz eksport qilinishi mumkin emas.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Davlat departamenti Kiyevga birinchi marta Donald Tramp davrida qurol sotishni ma’qulladi.

Joriy yilning 29-aprel kuni Amerika Kongressi yuqori palatasi saytida AQSH Davlat departamenti Kiyevga “mudofaa mahsulotlari, jumladan, texnik maʼlumotlar”, shuningdek, qiymati 50 million dollar va undan ko‘proq bo‘lgan “mudofaa xizmatlari”ni yetkazib berishga ruxsat bergani haqida hujjat eʼlon qilgan edi.

Toshkent tumanida tug‘ilganman. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta'lim olganman. 2024-yil oktyabr oyidan buyon “Daryo”da muxbir lavozimida ishlayman. Asosan tahliliy maqolalar tayyorlash va intervyular bilan shug‘ullanaman. Sevimli filmlarim: “Forrest Gamp”, “Uzuklar hukmdori”, “Anna”, “Shoushenkdan qochish” Sevimli kitoblarim: “O‘tkan kunlar”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Buyuk shaxmat taxtasi”, “Graf Monta Kristo”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar