Daryo

Angliyaning oltita jamoasi kelasi mavsum YCHLda ishtirok etadi

Bu “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” Yevropa Ligasi finaliga chiqqanidan so‘ng aniq bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish4 997 ko‘rishlar0 izoh0

Angliya Premyer-ligasining oltita klubi kelgusi mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Foto: Getty Images

Bu “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” Yevropa Ligasi finaliga chiqqanidan so‘ng aniq bo‘ldi. Maʼlumki, Yevropa Ligasi g‘olibi kelasi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Ushbu ikki klub esa joriy mavsum APLda “kuchli beshlik”ka kirolmaydi.

Shu bilan birga, YCHLda APLdan 5 ta jamoa ishtirok etishi avvalroq maʼlum bo‘lib ulgurgan edi.

Shu tariqa, tarixda ilk bor bitta chempionatdan 6 ta jamoa YCHLda ishtirok etadigan bo‘ldi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar