Daryo

Usmon Dembele Chempionlar Ligasida tarixiy natijaga erishdi

Fransuz hujumchisi “Arsenal”ga qarshi bahsda golli uzatma muallifiga aylandi

1 daqiqa o‘qish17 512 ko‘rishlar0 izoh0

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Usmon Dembele Chempionlar Ligasi tarixida o‘ziga xos natija qayd etdi. Bu haqda Squawka nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Futbolchi “Arsenal”ga qarshi javob bahsida (2:1) golli uzatma muallifiga aylandi. Bu orqali Dembele Fransiya klublari futbolchilari ichida Chempionlar Ligasi tarixida bir mavsumda eng ko‘p samarali harakat (gol+assist) qayd etgan futbolchiga aylandi. U YCHL doirasidagi 14 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 4 ta assistni yozdirib qo‘ygan.

E’tiborlisi, Dembele javob o‘yinida ishtirok etadimi-yo‘qmi — so‘roq ostida edi. Chunki u dastlabki bahsda (1:0) tizzasidan jarohat olgandi. Biroq futbolchi tiklanib, Parijdagi o‘yinning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushdi va Hakimining goliga hammualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Dembele barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda qatnashib, 33 ta gol va 13 ta assistga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 75 million yevroga baholagan. Usmonning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar