Daryo

Yevropa Kengashi Gretsiyani migrantlarni ortga qaytarmaslikka chaqirdi

Migrantlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari kuzatilgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish4 142 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa Kengashi Gretsiyani migrantlarni ortga qaytarmaslikka va o‘z chegaralarida inson huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi. 

Foto: Anadolu

Yevropa Kengashining Inson huquqlari bo‘yicha komissari Maykl O‘Flaherti 6-may kuni Gretsiyaga tashrif buyurgan. U quruqlik va dengiz chegaralarida migrantlar ortga qaytarib yuborilayotgani haqidagi xabarlardan xavotirda ekanini bildirgan. Chunki bunday operatsiyalarda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan zaruratsiz yoki ortiqcha zo‘ravonlik, jinsiy tahqirlash holatlari kuzatilgani aytilmoqda. 

Komissar muhojirlarni identifikatsiya jarayonidan o‘tkazmasdan qaytarib yuborish nafaqat inson huquqlarining, balki Yevropa va xalqaro huquqning buzilishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Chegaralardagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni ta’minlashda hamon kamchiliklar saqlanib qolayotgani ta’kidlangan.

Save the Children tashkilotining ta’kidlashicha, 2024-yilda Gretsiyada bolalar migratsiyasi ikki baravar ko‘paygan. Umumiy olganda 2024-yilda Gretsiyaga kelgan migrantlar va qochqinlar soni so‘nggi 5 yillik ko‘rsatkichdan oshib ketgan. Yilning dastlabki 11 oyida mamlakatga 57,3 mingdan ortiq migrant kirib kelgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar