Daryo

1,6 mlrd dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan hindistonlik milliarder Belgiyada qamoqqa olindi 

Hindiston tarixidagi bu eng yirik firibgarlik 2017-yil oxirida fosh etilgan. Shundan so‘ng 2018-yil yanvarida Choksi yaqin qarindoshlari bilan Hindistondan qochib ketgan

1 daqiqa o‘qish6 573 ko‘rishlar0 izoh0

Hindistondan yetti yil avval qochib ketgan milliarder Mehul Choksi Belgiyada ushlandi. U Panjob Milliy bankidan 1,6 milliard dollardan ortiq mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Foto: Getty Images

Mehul Choksi va uning jiyani Nirav Modi Panjob Milliy banki xodimlari bilan til biriktirib, bank aktivlaridan mazkur summani o‘zlashtirganlikda ayblanib, Hindiston Markaziy tergov byurosi tomonidan qidiruvga berilgan edi. Hindiston tarixidagi bu eng yirik firibgarlik 2017-yil oxirida fosh etilgan. Shundan so‘ng 2018-yil yanvarida Choksi yaqin qarindoshlari bilan Hindistondan qochib ketgan. Uning qayerdaligi noma’lum bo‘lib, Interpol tomonidan qidiruv e’lon qilingan edi.

Belgiya Adliya vazirligi dushanba kuni NDTV telekanaliga tasdiqlashicha, qochoq hindistonlik tadbirkor Choksi 12-aprelda hibsga olingan.

“U keyingi sud jarayonini kutish uchun ushlab turilmoqda. Unga advokatning kirishi ta’minlangan”, deya Belgiya tomonining bayonotidan iqtibos keltiradi telekanal.

Hindiston Belgiyadan gumonlanuvchini ekstraditsiya qilishni so‘ragan. Adliya vaziri Arjun Ram Megxvalning ta’kidlashicha, Belgiyada Hindiston odil sudlovidan yashiringan Choksining hibsga olinishi Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hukumati davridagi hind diplomatiyasining g‘alabasi hisoblanadi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar