Daryo

Zelenskiy ofisi ayollarni armiyaga majburiy chaqirishni taklif qildi

Ukrainadagi jangovar zonalarda 5 mingga yaqin ayol harbiylar borligi ma’lum qilindi

2 daqiqa o‘qish6 438 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni joriy etishi va bu borada Isroil tajribasini o‘rganishi kerak. Ukraina prezidenti ofisi rahbar o‘rinbosari Pavel Palisa tegishli taklifni ilgari surdi.

Foto: CEPA

Amaldor o‘z tashabbusini Rossiya tomonidan uzoq muddatli tahdid mavjudligi bilan izohladi. U yaqin 10 yoki hatto 30 yil ichida ukrainaliklar “hamma narsa takrorlanishi mumkinligini tushunib yashashga majbur bo‘lishi”ni aytdi. Chunki Rossiya Ukrainaning mustaqilligini “yo‘q qilmoqchi” ekanini ta’kidladi.

Yetarlicha kuchli bo‘lish va fuqarolarni armiyaga jalb qilishda hech qanday muammo bo‘lmasligi uchun, ma’lum bir o‘tish davrini rejalashtirish kerak, shunda fuqarolar har bir kishining xizmat qilishini aniq tushunib yetadi, dedi Pavel Palisa.

U bunday talab Konstitutsiyada belgilanganini eslatib, uni ayollarga ham tatbiq etishga chaqirdi. Palisaning fikricha, byudjet hisobidan ijtimoiy to‘lovlar, davlat lavozimlari va ta’lim olish uchun armiyada xizmat qilishni majburiy shartga aylantirish kerak.

Mayli bir yillik minimal shartnoma bo‘lsin. Erkaklar va ayollar armiyada bo‘lsin. Ayniqsa, hamma uchun turli xil ishlar mavjud bo‘lgan zamonaviy sharoitda, dedi u.

Palisa shu tariqa aholi Qurolli kuchlar faoliyatini tushunishini ma’lum qildi

Agar biz farzandlarimiz baxtli bo‘ladigan davlat qurmoqchi bo‘lsak, bu tushuncha avloddan avlodga o‘tishi kerak, dedi Zelenskiy ofisi vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, barcha ukrainaliklar shunchalik kuchli bo‘lishi kerakki, hech bir qo‘shni yoki boshqa “beqaror shaxslar”da “2022-yilni takrorlash” xayoliga ham kelmasligi kerak. Palisa bu uning shaxsiy fikri ekanini aytdi va u Prezident idorasi bu fikrga qo‘shilishiga ishonchi komil emas.

Sentyabr oyi oxirida Ukraina Qurolli kuchlari safida 68 ming ayol bor edi, ulardan 48 ming nafari harbiy xizmatchilar, 5 mingga yaqini bevosita jangovar harakatlar zonasida bo‘lgan.

Bugun ayollar hamma joyda: front ortida, og‘ir lavozimlarda ishlaydi, UQK safida jang qiladi. Ular odamlarni jinsiga qarab emas, balki ularning imkoniyatlari, samaradorligi va aql-zakovatiga qarab baholash kerakligini isbotlaydi, degan Ukraina Mudofaa vazirligi davlat kotibi Lyudmila Daragan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar