Daryo

U-17 Osiyo chempionati. O‘zbekiston yoshlari BAAni yengib, yarim finalga yo‘l oldi (video)

Islom Ismoilov boshchiligidagi jamoa yarim finalda Indoneziya — Shimoliy Koreya bahsi g‘olibi bilan o‘ynaydi

1 daqiqa o‘qish14 618 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tayotgan U-17 Osiyo chempionati chorak final bosqichi bahslari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 13-aprel, yakshanba kuni BAAga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. 

Foto: O‘FA

Islom Ismoilov jamoasi uchrashuvni ajoyib tarzda boshladi. 13-daqiqada Asilbek Aliyev jarima zarbasidan super gol muallifiga aylandi. 36-daqiqaga kelib, Aliyev o‘zining dublini rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘lim oxirida Sayfiddin Sodiqov penaltidan O‘zbekistonning o‘yindagi 3-golini kiritdi.

Ikkinchi taymning 67-daqiqasiga kelib BAA hisobni biroz qisqartirishga erishdi. Muhammad Buti gol urib, tablodagi natijani 3:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Bahsning qolgan daqiqalari ham qizg‘in kurashlar ostida o‘tdi, biroq darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Shu tariqa O‘zbekiston yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Endi ular Indozeniya — Shimoliy Koreya bahsi g‘olibi bilan final yo‘llanmasi uchun kursh olib boradi.

U-17 Osiyo chempionati

Chorak final

13-aprel, yakshanba

O‘zbekiston U-17 — BAA U-17 3:1

Golllar: 1:0 — Asilbek Aliyev (14), 2:0 — Asilbek Aliyev (36), 3:0 — Sayfiddin Sodiqov, 3:1 — Buti (67)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar