Daryo

“Putindan jinni quvmoqchi” bo‘lgan shaman qattiq tartibli ruhiy shifoxonada qoladigan bo‘ldi

Sud yoqutistonlikni oddiy shifoxonaga o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosni uchinchi marta rad qildi

1 daqiqa o‘qish7 312 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasidagi sud 2019-yili qamoqqa olingan va Putinga qarshi chiqishlari bilan tanilgan shaman Aleksandr Gabishevni qattiq tartibdagi psixiatriya muassasasidan oddiy shifoxonaga o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi iltimosni rad qildi. Bu holat uchinchi marta yuz bermoqda.

56 yoshli Gabishev 2019-yili Yoqutistondan Moskva tomon piyoda yo‘lga chiqib, poytaxtga “Rossiya prezidentidan jinni quvish” uchun borayotganini aytgach, qo‘lga olingandi. Shundan beri u asosan psixiatriya muassasalarida saqlab kelinmoqda.

Advokati Pryanishnikovning ta’kidlashicha, kasalxonada Gabishevga “hayotga xavf soluvchi muolajalar” qilingan. Biroq nodavlat muassasa shifokorlari unga ruhiy jihatdan sog‘lom deb baho berishgan. Huquqshunosga ko‘ra, bir nechta tibbiy ekspertlarning mahkumni aqli raso deb topib, sudga kiritgan ko‘rsatmasi inobatga olinmagan.

Aleksandr Gabishev Yoqutistondan Moskva tomon bormoqda. 2019-yil 
Foto: Andrey Zatirko

Yuqorida qayd etilganidek, bu birinchisi emas. Ussuriy tuman Sudi tegishli iltimosni 2023-yil dekabr va 2024-yil may oylarida ham rad etgan.

Amnesty International va Rossiyada joylashgan Memorial inson huquqlari tashkilotlari Gabishevni siyosiy mahbus deb tan olgan. Ularning nazdida shaman “Putinga qarshi fikr bildirgani uchungina davlat dushmani”ga aylantirilgan.

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar