Daryo

“Manchester Siti” yetakchisi jamoani tark etishni istamoqda 

“Bavariya” hamda “PSJ” vaziyatni kuzatib turibdi

1 daqiqa o‘qish104 602 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand klubni tark etishi mumkin. Bu haqida El Nacional nashriga tayanib Championat xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli norvegiyalik futbolchi klubning so‘nggi natijalaridan norozi. Shu sababli, jamoani tark etish variantini ko‘rib chiqmoqda. Agar Holand yakuniy qarorni qabul qilsa, “shaharliklar” uni olib qolishda qiynalishi mumkinligi aytilgan.

Futbolchining atrofidagi vaziyatni Parijning “PSJ” hamda Germaniyaning “Bavariya” klublari diqqat bilan kuzatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Holand Angliya Kubogining chorak finalida “Bornmut”ga qarshi bahsda (2:1) to‘piqdan jarohat olgan edi. Klub bosh murabbiyi Pep Gvardiola unga tiklanish uchun 5-7 hafta kerak bo‘lishini aytgan.

Joriy mavsumda Erling Holand “Manchester Siti” safida 40 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 30 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2034-yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt portal futbolchini 200 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar