Daryo

U-17 Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi JCH yo‘llanmasiga ega chiqdi 

Islom Ismoilov boshchiligidagi jamoa A guruhida ketma-ket ikki turda ham g‘alaba qozondi

1 daqiqa o‘qish19 646 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tayotgan U-17 Osiyo chempionatida 2-tur bahslari yakuniga yetdi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ketma-ket ikki turda ham g‘alaba qozonib, muddatidan avval Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Foto: O‘FA

Islom Ismoilov boshchiligidagi jamoa 1-turda Tailandni 4:1, 2-turda Xitoyni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 6 ochko bilan guruhda 1-o‘rinni egallab turibdi. 6-aprel, yakshanba kuni guruhning ikkinchi bahsida mezbon Saudiya Tailandni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekistonni muddatidan avval musobaqaning pley-off bosqichiga hamda 2025-yilning noyabr oyida o‘tadigan mundial yo‘llanmasiga ega chiqishni ta’minladi. 

Foto: AFC

Ma’lumot uchun, o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2025-yilning noyabr oyida Qatarda o‘tkaziladi. Musobaqa 3-noyabrda 27-noyabrga qadar davom etadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar