Daryo

2026-yilda Hindistonda yangi atom suv osti kemasi bazasi ochiladi

Kelgusida inshootni 50 ta kema va suv osti kemalari hamda 40 ta yordamchi kemalarni sig‘dirish uchun kengaytirish rejalashtirilgan

1 daqiqa o‘qish3 254 ko‘rishlar0 izoh0

Hindiston harbiy-dengiz kuchlari kelasi yilda Andxra—Pradesh shtatida yangi atom suv osti kemasi bazasini foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Times of India ma’lum qildi.

Foto: The Times of India

Sharqiy dengiz qo‘mondonligining Visakxapatnamdagi shtab-kvartirasidan 50 kilometr janubda qurilgan bazada yadroviy suv osti kemalari joylashgan tunnellar tarmog‘i mavjud. Bu ularga Bengal ko‘rfaziga kirish imkonini beradi, chunki uni josuslik yo‘ldoshlari yordamida aniqlab bo‘lmaydi.

Varsha loyihasi bo‘yicha Rambilli bazasining birinchi bosqichi yakunlanmoqda. 2026-yilda foydalanishga topshirilgach, uni bosqichma-bosqich kengaytirish va modernizatsiya qilish mumkin, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Hindiston g‘arbiy qirg‘oq bo‘yidagi Karnataka shtatidagi Karvar bazasini ham bosqichma-bosqich yangilamoqda. Loyihaning joriy bosqichini amalga oshirish 32 ta yirik kemani joylashtirish imkonini beradi.

Ichki bandargoh tayyor. Tashqi qismda to‘lqin va to‘siqlarga qarshi ishlar davom etmoqda, deya ma’lum qilindi.

Kelgusida inshootni 50 ta kema va suv osti kemalari hamda 40 ta yordamchi kemalarni sig‘dirish uchun kengaytirish rejalashtirilgan.

Bu yil Hindiston 7000 tonna quvvatga ega uchinchi atom suv osti kemasi Aridhamanni ishga tushiradi.

Mamlakat o‘zining to‘rtinchi suv osti kemasini qurmoqda. 

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar